
Shodiyorjon Meliqo‘ziev iroda ko‘rsatib, mezbonlar vakilini mag‘lub etdi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyun kunigacha Tailandning Bangkok shahrida xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham musobaqaning yarim final bahslari o‘tkazilmoqda.
-50 kg da ishtirok etayotgan Shodiyorjon Meliqo‘ziev 1-raundda tailandlik Titivat Plongauraga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa-da, keyingi 2 raundda ustunlikni o‘z tomoniga og‘dira oldi. Shu tariqa bokschimiz ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir vakilimiz Muhammadazizbek Ismoilov hamda xitoy taypeyilik Kan Chia-Vei to‘qnashuvi kutib turibdi.
Fikrlar