Shodiyorjon Meliqo‘ziev ham chorak finalda!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 7 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
Bokschimiz Shodiyorjon Meliqo‘ziev -48 kg vaznda, Qirg‘iz Respublikasi vakili Anvarjon Xodjievni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir charm qo‘lqop ustamiz Abdumalik Xalokov va Enrike Kakulov (Ispaniya) o‘rtasidagi bahs kutmoqda.



Fikrlar