"Shaxtyor" bosh murabbiyi mag‘lubiyatdan keyin Jasur Yaxshiboev haqida nima dedi?

  • 22 avgust, 2020, 23:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus oliy ligasining 22-turida Soligorskning “Shaxtyor” klubi safarda “Isloch” bilan kuch sinashdi. Lekin Jasur Yaxshiboev to‘p surayotgan “Shaxtyor” 2:4 hisobida yutqazdi.

Tecno

Aytish mumkinki, hamyurtimiz jamoasining ikkinchi golida assistentlik vazifasini bajardi. O‘yindan keyin esa “Shaxtyor” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub mag‘lubiyat sabablari haqida gapirar ekan, jurnalistlar tomonidan Jasur Yaxshiboev haqida berilgan savolga ham javob qaytardi.

- Yaxshiboev “Shaxtyor”ga o‘tganidan beri deyarli barcha burchak to‘plarini bajarmoqda, lekin har doim ham yaxshi uzatmani amalga oshirishni uddalay olmayapti. Bu masalada qandaydir ishlar olib boriladimi? Ehtimol, boshqasiga almashtirarsiz?

- Standartlar ustida biz har hafta ishlayapmiz. Bu futbolning eng muhim elementlaridan biri. Biroq buni hech qanday bosim bo‘lmaydigan mashg‘ulot chog‘ida bajarish boshqa va o‘yinda amalga oshirish boshqa. Lekin Yaxshiboevning uzatmalarini yomon deya olmayman. U “Energetik”da ham burchak to‘plarini yomon bajarmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!