
Shaxmat. Xitoydan ham jahon chempioni chiqdi!
Bugun Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida shaxmat bo‘yicha 2023 yil jahon chempionligii unvoni uchun bo‘lib o‘tgan o‘yin yakunlandi. Dramatik kechgan bahsda Din Lijen to‘rtinchi tay-brekda rossiyalik Yan Nepomnyashini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Tezkor shaxmatning dastlabki uchta o‘yini durang bilan yakunlangan edi. To‘rtinchi qarama-qarshilikda Nepomnyashi oq donalarda o‘ynadi, biroz ustunlikka ega bo‘ldi va g‘alaba qozonishga astoydil harakat qildi. Biroq xitoylik shaxmatchiga qarshi hujumga o‘tish imkoniyatini berdi va u o‘ziga taqdim etilgan imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Din Lijen shaxmat tarixtdagi o‘n ettinchi, Xitoy tarixida esa birinchi jahon chempioni bo‘ldi.
Fikrlar