
Shavkat Rahmonov "UFC 310" da jang qiladi. Unga yangi raqib topildi
Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Shavkat Rahmonov 8 dekabr kuni AQSh da bo‘lib o‘tadigan "UFC 310" turnirida ishtirok etadi. Unga nigeriyalik Kamaru Usman rkaqiblik qiladi. Bu haqda "Red Corner MMA" portali xabar bermoqda.
Avvalroq, qozog‘istonlik jangchi yarim o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Belal Muhammadga qarshi bahs yuritishi kerak edi, ammo kamar egasining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari tufayli ushbu jang bekor qilingandi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov 18 ta bahsning 18 tasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan va hali biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan jangchi hisoblanadi.
Fikrlar