
"Shalke"ga qarshi o‘yindan oldin "Borussiya" Dortmund jiddiy yo‘qotishlarga uchradi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachilari Aksel Vitsel va Emre Jan "Shalke"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Bundesliganing 26-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Sport Bild nashrining yozishicha, yuqoridagi ikki futbolchi ham 9 may kungi mashg‘ulotlarda jarohat olgan. Endi gelzenkirxenliklarga qarshi o‘yinda ularning o‘rnini Tomas Dileyni va Yulian Brandt egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» Dortmund — «Shalke» uchrashuvi 16 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar