
"Shalke" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi o‘zining rasmiy saytida himoyachi Bastian Ochipka bilan amaldagi shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra tomonlar 2023 yilga qadar tuzilgan kelishuvni imzolashgan. Ta’kidlash kerakki, ular o‘rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, Ochipka “Shalke”ga 2017 yil “Ayntraxt”dan 4,5 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 78 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar