
Shahram G‘iyosov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi!
AQShning Orlando shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomining 2-markaziy jangida yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko‘tarildi.
12 raund qilib belgilangan jangning 11 raundi yakunlangan bir pallada Sezar Kano jarohat olib, jangni davom ettira olmadi. Bunga qadar ham G‘iyosov 3 ta hakamlarning ko‘rsatmasiga ko‘ra, 100-99 hisobidagi g‘alaba qozonayotgan edi. Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining 15-g‘alabasini qo‘lga kiritishi bilan birga WBA Regular kamari uchun da’vogarga aylandi.
Fikrlar