
Shahobiddin Zoirovdan kulganlarga aytar so‘zimiz bor...
Ekaterinburgdagi boks bo‘yicha jahon chempionati natijalari hammamiz uchun, albatta,quvonarli bo‘ldi. Ammo aytish kerak-ki, musobaqalardan so‘ng hamyurtimiz va shubhasiz, iftixorimiz Shahobiddin Zoirovning rus jurnalistiga bergan intervyusi haqidagi videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarda yurtdoshlarimizning turli bahslariga sabab bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, ularning aksariyati istehzoli komentariylar va bir qancha odamning ensasini qotiradigan karikaturalardan iborat. Shukrki, bu masalada 99% muxlislar chempionimizni qo‘llab-quvvatlab, ijobiy fikr bildirganlar . Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek "ayrimlar" tanqid qilaman deb o‘zlarini g‘irt tentakka chiqarib qo‘yishibdi.
Shunday bo‘lmasa o‘zining chempioni ,o‘zining faxri, yurtining yuziga loy chaplarmidi?! To‘g‘ri, bugun zamon har qanday ilg‘or kishidan dunyo tillarini bilishni talab qilmoqda. Biroq mukammallik hech kim uchun hos bo‘lmagan xususiyat. Shahobiddin 2-sinfdan boshlab boks ringini o‘z uyi deb bildi. Bugungi yutuqlar zamirida ulkan mexnat yotibdi. Birgina rus tilini to‘liq bilmaslik ayb emas! Eng muhimi, u o‘z ona tilini biladi. Ba’zi bir "yulduzlar"ga o‘xshab o‘z tiliga xurmatsizlik bilan qaramaydi. Ona tiliga muxabbat, xurmat bu o‘zlikka, o‘z g‘ururiga bo‘lgan xurmat nazarimda.
Tanqid insonni yuksaltiradi. Lekin tanqid qilishdan oldin ana shu so‘zni aytishga o‘zimiz munosibmizi yoki yo‘q shu haqida ham o‘ylab ko‘rsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qolaversa, bunday yigitlarimizga havasla boqing, zero, sizning farzandlaringiz ham shunday el ardog‘idagi, Olimpiada va Jahon chempionati g‘oliblari bo‘lsin!
Fikrlar
Олга Шохоб
Рус журналистлари эса кахрамонимиздан интервью олиш у/н керак булса узлари узбек тилини урганиб олиб кейин келишсин.
ТАМОМ - ВАССАЛОМ.