Shahboz Umarov: Men Rossiyada emas, Germaniyada o‘ynashni istayman!

  • 13 avgust, 2020, 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi va musobaqa to‘purari bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboev “Energetik-BGU”dan Soligorskning “Shaxtyor” jamoasiga o‘tib ketgach, “talabalar” o‘rtasida etakchilikni na bir o‘zbek futbolchisi – Shahboz Umarov o‘z qo‘liga ola boshladi.

Tecno

Ayni paytda Umarov ham sentyabr oyida yoki kelasi yilning ilk kunlarida Belarusning eng qudratli klublaridan BATEga o‘tib ketishi aniq bo‘lib ulgurgan.

“Energetik-BGU” milliy chempionatning navbatdagi turida “Nyoman” bilan kuch sinashib, “Shaxtyor” va “Dinamo” kabi etakchi klublar amalga oshira olmagan ish – mazkur jamoa darvozasini ishg‘ol qildi. Golda jamoasiga aniq to‘p uzatib bergan Shahbozning hissasi katta bo‘ldi. Yana bir qiziq jihati, ikki o‘zbek futbolchisi etakchiligida “talabalar” chempionatning eng kuchli jamoalaridan birortasiga yutqazgani yo‘q.

Belaruslik jurnalistlar Shahboz Umarov bilan uyushtirgan suhbat chog‘ida o‘zbek futbolchisi haqida qator qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

- “Nyoman” bilan o‘yin qanday bo‘ldi?

- O‘zi o‘yin og‘ir bo‘ldi. Issiq bo‘lgani uchun ikki barobar qiyin kechdi. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Keyin raqib bosimni kuchaytirdi. Lekin durang biz uchun yaxshi natija, demagan bo‘lardim. Yutishimiz kerak edi.

- O‘yinda oyog‘ing va yuzingdan zarba eding.  Seni almashtirmoqchi ham bo‘lishdi...

- Hammasi joyida. O‘tib ketdi. Oyog‘imni muzlatishdi va yana oldinga bosdik. Keyin tishimni to‘kib qo‘yyay, deyishdi. Hozircha tishim joyida turibdi.

20200811084651

- Nega g‘alaba qozona olmayapsizlar?

- Aytish mushkul. Balki etakchi futbolchilarimiz ketganigadir. Ularsiz jamoa qiynalyapti va hali ko‘nikmadik. Tez orada hammasi joyiga tushadi.

- 1:8 ga yutqazgan futbolchi nimalarni his qiladi?

- Hech narsa qilgisi kelmay qoladi. Hatto yashagisi kelmaydi. Uch-to‘rt kun shunaqa kayfiyat bo‘ladi. Keyin navbatdagi bahsga tayyorgarlik boshlanadi. Murabbiylar hammasini unutib, mehnat qilish kerakligini aytishadi. Har bir o‘tgan uchrashuv bu endi tarix.

- Olmaliqning o‘zidanmisan?

- Bo‘ka degan mo‘’jaz shahardanman. Toshkent viloyatida joylashgan va poytaxtga qaraganda Olmaliqqa yaqin. Uch yoshimda oilamiz Olmaliqqa ko‘chib o‘tgan. Ota-onam o‘sha erda yashab, ishlashni ma’qul ko‘rgan.

- Sportchilar oilasidan ekansan-a?

- Otam futbolchi. Tayanch yarim himoyachisi. Sobiq Ittifoq davrida Bo‘ka jamoasida respublika miqyosida to‘p surgan. 2004 yilda tug‘ilgan ukam Olmaliq futbol maktabida shug‘ullanadi.

- Xuddi sendekmi?

- U payt boshqacha edi. Etti yoshimda o‘zimdan uch-to‘rt yosh katta bolalar bilan birga shug‘ullana boshlaganman. “Paxtakor” o‘smirlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin ularning murabbiyi meni chaqirdi. Men Toshkentga – Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga ko‘chib o‘tdim. O‘sha erda Jasur Yaxshiboev bilan ham tahsil oldik, ham internatda birga yashadik.  Yoshlar o‘rtasidagi shahar biinchiligida “Paxtakor” uchun o‘ynadik. Taxminan besh yil muqaddam olmaliqlik murabbiylardan biri meni AGMK o‘rinbosarlari tarkibiga chaqirdi. U erda ma’lum vaqtdan keyin asosiy tarkibga qo‘shishdi.

- AGMKning ma’nosi nima?

- Olmaliq kon-metallurgiya kombinati. Shahrimiz metallurglarniki, demak jamoa ham. Lekin ekologiya uchun u yaxshi emas. Havo biroz ifloslangan. Konlar shahar chegarasida. U erga borib bo‘lmaydi – yopiq hudud.

- Sen hujumkor yarim himoyachimisan yoki hujumchi?

- Olmaliq jamoasi 4-3-3 sxemasida o‘ynardi. Men chap qanot hujumchisi vazifasini bajarardim. Yaxshiboev o‘ng qanotda o‘ynardi. “Energetik”da hujum markazida biroz qiynaldim. Hozir ko‘nikib boryapman. Ilgari qanotdan yugurib kelib, raqiblarni aldab o‘tishni yaxshi ko‘rardim. Hozir hammasi umuman boshqacha.

a22DKLzNOb4

- Nega AGMKda kam o‘ynagansan?

- Ham jarohatlar bo‘lgan, ham murabbiylar bilan munosabatda muammolar bor edi. Ba’zan atayin o‘rinbosarlar safiga jo‘natishar edi. Hammasi xarakterim sababli.

- 2018 yilda jamoa mamlakat kubogini qo‘lga kiritganda, senga medal berishdimi?

- Ha. “Paxtakor”ga qarshi finalda zaxirada edim. Taqdirlashga hamma bilan birga chiqdim. Shunday qilib, medalni ham oldim, kubokka ham qo‘lim tegdi.

-“Bunyodkor”da Rivaldo o‘ynaganini eslaysanmi?

- Men o‘shanda 10 yosh edim. Toshkentda shug‘ullanardim. Chempionat o‘yinlarida mashhur braziliyalikka to‘p ham uzatib berganman. Ilgari O‘zbekistonda yulduzlar ko‘p edi. “Bunyodkor”ni Ziko va Skolari kabi yulduzlar boshqargan.

- Chempionlar ligasida kim g‘olib chiqadi?

- “Bavariya”, deb o‘ylayman. Aslida esa “Barselona” muxlisiman. Bu jamoaga chorak finalda aynan nemislar to‘g‘ri kelib qoldi.  “Barsa” ularga bas kelolmasa kerak. Yoqtirgan futbolchim PSJda o‘ynayotgan Neymar.

- Jamoada seni qanday chaqirishadi?

- Ismimni qisqartirib Shoh deyishadi. To‘liq ismim Shahboz va bilishimcha, rus tiliga tarjima qilinmaydi.

bye263d50eb2e_1

- Yaxshiboevsiz zerikyapsanmi?

- Biz hamon birga yashayapmiz. Men kunduzi mashg‘ulotdan uyga qaytganimda, u Soligorskka ketgan bo‘ladi. Shuning uchun faqat kechqurun ko‘rishyapmiz.

- Ikkalangiz har xilsiz. U og‘ir-bosiq, sen esa xushchaqchaqsan.

- Xuddi shunday. Jasur bilan ba’zan zerikib ketaman. Agar Jasur bilan o‘zimiz qolsak muammo bo‘lmaydi. Odamlarni oldida esa, ko‘zga ko‘rinmay qoladi. Men esa hazil va o‘yin-kulguni yoqtiraman.

-Minskka kelguncha, Belarus boshqacha ekani haqida o‘ylarmiding?

- Men ilgari bu erga kelganman va meni nima kutayotganini avvaldan bilardim. Bir necha yil oldin AGMK bilan yig‘inga kelganmiz. “Minsk” klubining Vesnyankadagi bazasida bir oy shug‘ullanganmiz.

- Qaysi chempionat kuchliroq?

- Mendan oldin ham so‘rashgan edi. Aytish qiyin. O‘zbekistonda ko‘p yillik grandlar bor. “Paxtakor” va “Bunyodkor”. Belarusda BATE bo‘lgani kabi. O‘yinchilarimiz Rossiyaga ko‘chib o‘tishi katta voqeadek qabul qilinadi. Jaloliddinov yaqinda “Lokomotiv”ga, O‘runov esa “Spartak” jamoasiga o‘tdi. Shomurodov bir necha yildan buyon “Rostov”da o‘ynayapti. O‘runov bilan Toshkentda internatda birga o‘qiganmiz. Biz uchun Moskva jamoalarida o‘ynash obro‘ hisoblanadi. Hamma Rossiyada o‘ynashni istaydi. Sizlarning o‘yinchilaringga qaraganda, biz osiyoliklarning bunga erishishi qiyinroq. Chunki Belarus chempionatiga e’tibor qaratadigan skautlar va agentlar ko‘p.

- “Energetik”da qanday paydo bo‘lding?

- Agent bu erda Anatoliy Yurevich degan murabbiy borligi va uning yordamida umuman boshqa futbolchiga aylana olishimni aytdi. Men doim to‘pni olib yurish va raqibni aldashni yaxshi ko‘rardim. Anatoliy Ivanovich esa pas berish va sheriklar bilan hamohang o‘ynashni o‘rgatyapti. Shuningdek, jismoniy tomondan ham sezilarli darajada o‘syapman. Olmaliqda men umuman ortga qaytmasdim. Hozir esa jamoaga mudofaada ham yordam beryapman.

- BATE senga qiziqayotganini birinchi qachon bilding?

- “Slaviya” ustidan 5:0 ga g‘alaba qozonganimizdan keyin bo‘lsa kerak. Shunaqa gap-so‘zlar qulog‘imga chalingan edi, lekin ularga e’tibor bermagandim. Keyin sakin-asta aniq bo‘la boshladi. Mashg‘ulotlarning biriga BATE vakillari ham kelgandi.

- Shundan so‘ng, “Borisov-Arena”da bo‘lajak jamoang darvozasiga super gol urdingmi?

- Ha. Lekin o‘shanda BATE o‘sha gol tufayli meni olmoqchiligi haqida gaplar urchigandi. Shartnomani haqiqatan Borisovdagi o‘yindan keyin imzoladik. Lekin takror bo‘lsa ham aytaman, bu klub ancha avvaldan menga qiziqa boshlagandi.

- Avval ham jarima zarbalaridan gol urarmiding?

- AGMK o‘rinbosarlari safida tez-tez urardim. Standartlarni ham ijro qilardim. Hozir Yaxshiboev ketganidan keyin “Energetik”da ham shunday qilyapman.

- BATEda zaxirada qolib ketsangchi?

- Shunday bo‘lmasligi uchun mehnat qilaman va o‘yinga loyiq ekanimni isbotlayman. Borisovga ko‘chib o‘tishdan qo‘rqmayman. U erda asosiy tarkibga kirish uchun raqobat kuchli. Bu har tomonlama yaxshi. Men BATE ham huddi “Energetik” kabi faoliyatimda navbatdagi tramplin bo‘lishiga umid qilaman. To‘g‘risini aytsam, hamyurtlarim kabi Rossiya borish niyatim yo‘q. Germaniyaga o‘tsam zo‘r bo‘lardi. Men nemis futbolini yoqtiraman. Ispaniyaniki ham yoqadi.

125948_680

- “Energetik” nimasi bilan xotirangda qoladi?

- Birinchi navbatda Anatoliy Ivanovich yig‘inlarda meni rosa yugurtirgani bilan. Ayniqsa, jamoaga mavsum oralig‘ida kelganingda shunday qilsa, noodatiy narsa bo‘larkan. Uyga kelib, ertaga mashg‘ulotga bormayman, degan paytlarim ham bo‘lgan. Tan olish uyatku-ya, bir ikki marta mehnatdan qochib, uyda yotish uchun mazam yo‘qligini ham bahona qilganman. Hozir esa, bu mashg‘ulotlar men uchun ancha oson va kuchim etyapti. Shuningdek, jamoamiz ham ajoyib va u xotiramda abadiy qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Н. М.
12/08/2020 11:36
Demak Õzbekistonda yugurtturmasdan tayyorlanisharkanda ...
Н. М.
12/08/2020 11:35
Yugurttirgani bilan ))))
Abdurasul Pirxonov
12/08/2020 10:00
Осилсан баланд дорга осил Бос газини Умаров