
Shahboz Umarov: Jasur Yaxshiboev bilan ba’zan zerikib ketaman
Belarus chempionati boshqa-boshqa jamoalar sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa-da, Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev poytaxtda birga istiqomat qilmoqda. Shahboz Umarov jurnalistlar bilan suhbatda do‘stining xarakteri haqida ham gapirdi.
- Yaxshiboevsiz zerikyapsanmi?
- Biz hamon birga yashayapmiz. Men kunduzi mashg‘ulotdan uyga qaytganimda, u Soligorskka shug‘ullanish uchun ketgan bo‘ladi. Shuning uchun faqat kechqurun ko‘rishyapmiz.
- Ikkalangiz har xilsiz. U og‘ir-bosiq, sen esa xushchaqchaqsan.
- Xuddi shunday. Jasur bilan ba’zan zerikib ketaman. Agar Jasur bilan o‘zimiz qolsak muammo bo‘lmaydi. Odamlarni oldida esa, ko‘zga ko‘rinmay qoladi. Men esa hazil va o‘yin-kulguni yoqtiraman.
Intervyuning to‘liq shaklini qo‘yidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin:
Fikrlar