
Shahboz Abduhakimov MMA bo‘yicha jahon chempioni!
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida MMA bo‘yicha o‘smir-yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Ma’lum qilganimizdek, chempionatning ilk kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Turnirning ikkinchi kunida yanabir vakilimiz oltin medalga ega chiqib, jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. O‘smirlar o‘rtasida 44 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahboz Abduhakimov barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Shu tariqa delegatsiyamiz hisobida hozircha 5 ta medal bo‘ldi. Turnir davom etmoqda va biz yanada ko‘proq medallar qo‘lga kiritilishini tilab qolamiz.
Ma’lumot uchun, Shahboz Abduhakimov Andijon viloyatida tavallud topgan va taniqli murabbiy Jahongir Qoraboev, Sarvarbek Isaqov va Jasurbek Sodiqovlarning shogirdi hisoblanadi. Shuningdek kecha jahon chempionligiga erishgan Muhammadsafo Ho‘jamiyorov ham aynan ushbu murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi.
Fikrlar