Sevonrets Okadzava sparringda Ravshan Mahammadjonovga qarshi yoxud yaponiyaliklar "Oqtepa" klubi mexmoni bo‘ldi (Video)

  • 27 yanvar, 2022, 21:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, boks bo‘yicha yaponiyalik jahon chempioni Sevonrets Okazava ayni kunda yurtimizda bo‘lib turibdi. Sababi u Toshkentda tashkil qilinadigan professional boks kechasining markaziy jangida hamyurtimiz Abdurasul Ismoilovga qarshi 4 raundlik jangda ringga ko‘tariladi. Aslida, ushbu jang kechasi va ular o‘rtasidagi to‘qnashuv bugun bo‘lishi kerak edi. Biroq, elektr energiyasining uzilishlari tufayli, yurtimizda tashkil etilayotgan 22 yoshgacha bo‘lgan, havaskor bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi bir kunlik majburiy tanaffusdan so‘ng, professional boks oqshomi bir kunga surildi va ertaga ya’ni, 28 yanvar kuni ushbu kecha bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Xabaringiz bor, ushbu yapon bokschisining murabbiyi Vladimir Shin o‘zbekistonlik va u ayni vaqtda Yaponiya terma jamoasida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, yana bir yapon murabbiyi Xirokuni Moto ham bir necha yil O‘zbekistonga kelib, o‘z tajribasini oshirib ketgandi. Xullas, ularning yurtimizdagi ko‘plab murabbiylar bilan aloqasi juda yaxshi hisoblanadi.

Jumladan Toshkentda faoliyat yuritadigan, "Oqtepa" boks klubi murabbiyi Zufar Sulaymonov bilan ham do‘stona aloqalarga ega. Aynan ushbu omil tufayli, ushbu klub vakillari Sevonrets Okadzava bilan sparring sherik sifatida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. 

Ayniqsa, professional boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamari soxibi Ravshan Mahammadjonov bilan bo‘lgan, qarama-qarshiligi juda qiziqarli kechdi. Quyida, ushbu sparringni e’tiboringizga havola etamiz. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
28/01/2022 10:04
япон боксчиси жуда яхши йигит экан. Лекин нега спарингда каска ва химоя шитларисиз тушганига хайронман.