
"Sevilya" PSV forvardiga qiziqish bildirmoqda
Ispaniyaning "Sevilya" klubi Eyndxovenning PSV klubi xujumchisi Stiven Bergveynga qiziqmoqda.
Ispanlar futbolchini sotib olish uchun Gollandiya klubiga ma’qul bo‘ladigan mablag‘ni taklif qilishlariga to‘g‘ri keladi. Bir necha xafta oldin, "Sevilya" o‘z tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirgandi. "Bordo" ximoyachisi Kundeni 25 mln evro evaziga xarid qildi. Gollandlar Bergveynning transfer narxini ispanlarga aytishmadi. Biroq, PSVning talabi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Bu "Sevilya" rekordini yana yangilashi mumkin.
21 yoshli forvard PSV jamoasida 2014 yildan buyon to‘p tepadi.
So‘nggi mavsum Gollandiya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi.
Eyndxoven klubi bilan futbolchining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Manba:Voetbal International.
Fikrlar