
"Sevilya" 41 yillik antirekordni takrorladi
Ispaniyada La Liganing 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda "Sevilya" safarda "Almeriya"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu mag‘lubiyat andalusiyaliklar uchun joriy mavsumdagi ikkinchisi bo‘ldi. Shuningdek, Xulen Lopetegi shogirdlari bir marta durang ham o‘ynashdi. Jurnalist Pedro Martinning xabar berishicha, chempionat boshidagi uchta o‘yinda 1 ochko to‘plash “Sevilya” uchun so‘nggi 41 yil ichidagi eng yomon start hisoblanadi.
Oxirgi marta "Sevilya" bunday natijani 1981/82 yilgi mavsumda qayd etgan edi.
Fikrlar