Serxio Ramos Italiyadan jamoa tanladi
Meksikaning “Monterrey” klubi markaziy himoyachisi Serxio Ramos ispaniya terma jamoasiga kirish va 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Evropaga qaytishga qaror qilgan.
Milan News nashrining ma’lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin.
Ramos 2025 yil oxirida Meksika klubini tark etadi, ammo hozircha faoliyatini yakunlash niyatida emas. Shu bois, 39 yoshli o‘yinchining vakillari “Milan” mutasaddilari bilan uchrashib, transfer va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan.
Serxio Ramos yulduzli onlarini “Real”da o‘tkazgan. Keyin “Pari Sen-jermen” va birinchi professional klubi “Sevilya”da o‘ynadi.
Yozda Andalusiya jamoasi bilan shartnomasi tugagan mashhur himoyachi Meksikadan ish topdi. Joriy mavsumda Ramos “Monterrey” safida 15 ta o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasiga 2 ta gol ham urdi.



Fikrlar