Sergey Kovalyovda "Kanelo"ni mag‘lub etish uchun qanday motivatsiya mavjud?

  • 18 oktabr, 2019, 16:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBO yo‘nalishi bo‘yicha yarim og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Sergey Kovalyov keyingi ikki yilda o‘z faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Tecno

"Men kelajakdagi boksdagi faoliyatimni rivojlantirishga tayyorman. Yana ikki yilni boksda o‘tkazmoqchiman. Hozirda jismoniy holatim yaxshi. Chunki Baddi Makgirt va Teddi Kruz kabi ajoyib murabbiylarim bor va ular menga chindan ham yordam berishmoqda. Hozir Alvaresni mag‘lub etish uchun juda ko‘p motivatsiyaga egaman. Sababi, mazkur g‘alabadan keyin menda yanada ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi”,- deya, Kovalyovning so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz: 36 yoshli Kovalyov va 29 yoshli meksikalik Saul Alvares o‘rtasidagi jang 2 noyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!