
Sergey Kovalyov Bektemir Meliqo‘ziev bilan jang qilish imkoniyatini saqlab qolmoqchi
Professional boksning yarim og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov va hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev jangi Kovalyovda taqiqlangan modda anilqangani sabab bekor qilingan edi.
Kovalyovning menejeri Egis Klimas "Usachev TV"ga bergan intervyusida, hozirda bu boradagi olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi ma’lumotlarni aytib o‘tdi.
"Bizda Kovalyov doping iste’mol qilmaganligi to‘g‘risida tegishli hujjatlarlar bor. VADA Kovalyovni yana 6 ta testga buyurdi. Hozirda ulardan 2 tasi topshirildi va unda taqiqlangan modda topilmadi. Yana 4 ta testdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, unga litsenziya darhol qaytarib beriladi", - dedi Klimas.
Menejerning takidlashicha, testlar yakunlanishi 2 oy vaqt oladi. Xozirda Sergey Kovalyov mashg‘ulotlarda davom etmoqda. Ammo, uning navbatdagi jangi haqida gapirishga biroz erta.
"Bilmadim... Bu borada gapirish qiyin. Biz hali Meliqo‘ziev jamoasida qanday rejalar borligini, Kovalyov navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi haqida bir narsa deya olmaymiz. Avvalo biz litsenziyani qaytarib olishimiz kerak va shundan so‘ng nima qilish haqida o‘ylab ko‘ramiz", - deya qo‘shimcha qildi u.
Xushxabar! Tokio Olimpiadasiga yana to‘rt nafar bokschimiz yo‘llanmani qo‘lga kiritdi |
Toshkentdagi boks oqshomini qaysi mashhur ring-anonseri olib boradi?
Fikrlar