
“Sen Rossiya bilanmisan o‘zi?” Kutilmaganda Rossiya Sport vaziri Valeriy Karpinni keskin tanqid qildi! Javob ham uzoq kuttirgani yo‘q!
Barchasi Valeriy Karpinning Eron bilan o‘yindan avvalgi matbuot anjumanida bildirgan fikridan so‘ng boshlandi. Mutaxassisga natijalar yomon bo‘lsa, terma bosh murabbiyi o‘zgarishi mumkinmi qabilidagi savol berildi. Karpin qisqa, ammo keskin fikr bilan javob qaytardi:
“Qo‘ysangizchi, agar murabbiyni o‘zgartirish nimadir hal qilsa, tushungan bo‘lar edim.Bu lavozimda qolishga hech kim intilayotgani yo‘q yo‘q.”
Tehrondagi o‘yin yakuniga etgach, murabbiy xuddi shu fikrni davomini bildirgandek taassurot qoldirdi:
“Agar Iroq bilan o‘yinda engilsak, iste’fo beramanmi? Xo‘sh, bu nimani o‘zgartiradi? Bizni ortga qaytaradimi? Yo‘q. Meni “Rostov”da bo‘lganidek, terma jamoada ham murabbiylik kursisiga yopishib olmaganman. Menga terma bilan ishlash yoqadi, ammo ishdan olishsa, bu fojia emas. Bundan o‘lib qolmayman!”
Bu so‘zlar oav tomonidan butun mamlakat bo‘yicha yoyilgach, Rossiya sport vaziri – Oleg Matitsin darrov reaktsiya bildirdi.
“Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi – bu mamlakatning yuzi sanaladi. Murabbiy taktika va strategiyadan tashqari, shogirdlari uchun hayotda ham o‘rnak bo‘lishga odatlanishi lozim. Uning aytgan har bir so‘zi futbolchilar bilan birgalikda, millionlab ishqibozlar uchun ham ta’sir etuvchi vosita sanaladi. Mamlakat bayrog‘i uchun har bir o‘yinda bor kuchini sportchilar maydonga tashlab chiqib ketishi kerak.
Sport sohasida befarqlikni namoyish etish, bosh berk ko‘chaga kirib qolgandek gap!. Shunday ekan, sen yaxshilab aniqlab ol. Biz bilanmisan yoki yo‘q?”,- deb fikr bildirdi ayni damda Xitoyda xizmat safari bilan bo‘lib turgan Oleg Matitsin.
Avvalroq ham Karpin terma postini topshirishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan, ammo yakunda mutaxassis 2024-yilga qadar mo‘ljallangan kontraktga imzo chekkan edi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar