
Segundadan La Ligaga qaytgan uchinchi jamoa ham aniq bo‘ldi
La Ligaga o‘tish yo‘lida bo‘lib o‘tgan bellashuvda "Jirona" klubi safarda "Tenerife" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlabki bahs 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakun topgan edi.
Mehmonlar safida gollarga Stuani, Leon (avtogol) va Martinez mualliflik qildi. Mezbonlar safida yagona gol Arenaga hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, Kataloniya klubi "Jirona" La Ligaga yo‘l oldi. Avvalroq, "Almeriya" va "Valyadolid" jamoalari yuqori divizonga yo‘llanma olgandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Jirona" 2018/2019 yilgi mavsum yakunida 18-o‘rinni egallab, Segundaga tushib ketgan.
Fikrlar