
Saul "Kanelo" Alvaresning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum!
Ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni Saul "Kanelo" Alvares 3 may kuni Ar-Riyodda IBF chempioni Uilyam Skullga qarshi jang o‘tkazadi.
“Saul Alvares 3-may kuni Ar-Riyodda Uilyam Skull ustidan g‘alaba qozonsa, sentyabrda Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi” - deb yozdi Al Ash-Shayx.
Ma’lumot uchun, Turki Al Ash-Shayx Alvaresni "Riyadh Season" bilan to‘rtta janglik shartnoma imzolaganini e’lon qilgan edi.
Fikrlar