
Saul: "Atletiko" endi sovrinlar yutishi shart"
Madridning "Atletiko" klubi sobiq yarim himoyachisi Saul Niges jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi:
"Bahonalar tobora kamayib bormoqda. O‘tgan mavsumda 200 million evro sarflashgan bo‘lsa, bu mavsumda ham yana shuncha mablag‘ ajratishdi. Vaziyat o‘zgargan. Endi ular boshqa klublar singari katta mablag‘ sarflayaptilar, shu bois barcha sovrinlar uchun kurashishlari lozim.
O‘tgan mavsum ba’zilar ta’kidlamoqchi bo‘lganidek yomon kechmagan. Jamoa g‘alabaga juda yaqin keldi, biroq uni qo‘lga kirita olmadi.
Simeonening so‘zlari futbolchilarga ma’qul kelayotgan ekan, ular yana uzoq vaqt birgalikda harakat qilishadi", – deya ta’rif berib o‘tdi "Flamengo"ning yangi futbolchisi.
Fikrlar