Saul Alvaresning navbatdagi jangi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda

  • 16 iyul, 2021, 13:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) WBA, WBC, WBO yo‘nalishlari chempioni meksikalik Saul Alvares (56-1-2, 38KO) o‘zining navbatdagi jangini IBF chempioni Keleb Plantga (21-0, 12KO) qarshi o‘tkazishi borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jang 18 centyabrga mo‘ljal qilingan. Bu super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempionlik uchun jang bo‘ladi. Agar Plant rejasi o‘xshamasa, yarim og‘ir vazn toifasida (-79,3 kg) Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol varianti ham bor. Hozirda "Kanelo" Eddi Xirnga tegishli bo‘lgan Matchroom kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!