Saul Alvares- Jermell Charlo jangi borasida o‘zbek boks olami vakillarining fikri qanday?

  • 25 sentabr, 2023, 14:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

30 sentyabrdan 1 oktyabrga o‘tar kechasi AQShning Las-Vegas shahri “Ti-Mobayl Arena”da katta professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu jang oqshomining markaziy to‘qnashuvida Saul Alvares hamda Jermell Charlo to‘qnash keladi. Ushbu jang ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida WBC, IBF, WBO, WBA chempionlik kamarlari uchun o‘tkaziladi. Albatta, ushbu qarama-qarshilik to‘g‘risida turli fikrlar yangramoqda. Aksariyati Alvaresni tajribasiga shubha qilmayotgan bo‘lsa, yana ko‘pchilik Charloni ishtiyoqiga yuqori baho bermoqda. Biz ham o‘zbekistonlik boks olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.

Tecno

Husan Shermatov – promouter

- Mening fikrimcha amerikalik bu jangga ikkita sababga ko‘ra rozi bo‘lgan. Birinchisi, Tim Tszyu bilan jangda kamarini xavf ostiga qo‘yishni istamaslik. Ikkinchidan, “Kanelo” bilan jang Charloni boy qiladi. Jermell uchun bu faoliyatidagi moliyaviy jihatdan eng daromadli jang bo‘ladi. Qolaversa, amerikalikda hech qanday bosim yo‘q. Shubhasiz, u jangda anderdog hisoblanadi. Charlo katta pul evaziga Alvaresga yutqazishga tayyor. Jermelning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q, lekin Saulning yo‘qotadigani bor. Hozircha u ikkinchi o‘rta vazn divizionining so‘zsiz qiroli hisoblanadi.Shuningdek, Charlo bilan jangga ajoyib motivatsiya bilan chiqadi. “Kanelo” endi pulga qiziqmaydi, chunki u boksning asosiy yulduzlaridan biri. Meksikalik yangi chorlovlarni qidirmoqda. Alvares o‘z divizionida shunchaki mag‘lub bo‘lishga haqqi yo‘q. U hakam jangni to‘xtatmaguncha Charloni urishda davom etadi.

xusan aka

G‘ayrat Ahmedov – sobiq bokschi

- Ularning jangdan oldingi tadbirlarini ko‘rdim. Negadir, Alvares biroz asabiylashyapti. Har ikkisi texnik jihatdan yuqori darajali bokschilar sanaladi. Zarba kuchi borasida ham maqtana olishadi. Charlo menimcha Alvares uchun munosib raqib bo‘la oladi. Imkoniyatlarni 50/50 degan bo‘lardim. 

jerri aka

                                                                                  Sobir Hakimov – boks hakami

 - Ha, bu bahs oddiy jang bo‘lmaydi. Mutlaq chempionlik bahsi, har doim qiziqarli bo‘lgan. Qolaversa, professional boks olamining 1-raqamli yulduzi va katta iste’dod egasining to‘qnashuvi shubhasiz, qiziqarli kechadi. Alvares professional boksda ko‘p narsani isbotladi. Hozir uning eng yuqori cho‘qqisi deb aytib bo‘lmaydi. Asta-sekin pasayish yuzaga kelyapti. Charlo esa aksincha porlab chiqib kelayapti. Fikrimcha bu jangda Charloning imkoniyatini biroz yuqori baholagan bo‘lardim. Ya’ni, 55/45.

Sobir aka

Isroil Madrimov – bokschi

-“Kanelo” – Charlo jangi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, “Kanelo”da yutish imkoniyati katta.Chunki u o‘zining vazn toifasida harakat qiladi. Charlo esa vazn ko‘tarib tushyapti. Shu sababli, ko‘proq imkoniyat Alvares tarafida. U har tomonlama kuchli, zarbalardan himoya borasida ham vaznga moslashish jihatdan ham “Kanelo”da ustunliklar bor.

Isroil


Jahongir Qurbonov – murabbiy

- Qiziqarli jang bo‘ladi. Aka-uka Charlolar professional boks olamida o‘sib kelayotgan yulduzlar sanaladi. Alvares borasida esa ortiqcha gapga o‘rin yo‘q. Lekin Charlo Alvares uchun jiddiy raqib bo‘ladi, deb o‘ylayman. Uning “apperkot” zarbalari juda yaxshi rivojlangan. Aksincha, Alvaresda bu boradagi zarbalarga himoya biroz chatoqroq. Lekin Alvares, Bivoldan uchralgan mag‘lubiyatni ushbu jangdagi chiroyli g‘alaba bilan yuvib ketishga harakat qiladi. Shuning uchun tayyorgarliklarni yaxshi qilganligi sir emas. Ummuan olganda yaxshi jangni ko‘ramiz. Imkoniyatlarni 50/50 degan bo‘lardim.

jaxa




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!