Saudiya Arabistoni jamoasi murabbiyi: 24 yildan beri Olimpiada yo‘llanmasini kutayotgan edik

  • 22 yanvar, 2020, 17:59
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Saad Ali Al Shehri ishtirok etdi.

Tecno

- Hozir hayajondan biror gap kelmayapti. 24 yildan beri Olimpiada yo‘llanmasini kutayotgan edik. Bu bilan butun jamoamni tabriklayman. Saudiya Arabistoni futbolda Osiyodagi eng kuchli jamoa bo‘lib qaytmoqda, – dedi Saad Ali Al Shehri.

– Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olinganining o‘zi jamoani qoniqtiradimi?

– Bu biz uchun birinchi qadam edi. Endi final uchun tayyorlanamiz. Uzoq yildan beri finalda o‘ynamadik. Shunday ekan, bor e’tiborimizni endi g‘alaba qozonishga qaratamiz.

– Agar uchrashuv so‘ngida gol ura olmaganingizda ham shunday o‘ynashda davom etarmidingiz?

– O‘zbekiston musobaqaning amaldagi g‘olibi. Bu jamoada juda ko‘p mahoratli o‘yinchilar yig‘ilgan. Biz ekstra-taymga ham sekin tayyorlanayotgan edik. Omad yakunda biz tomonda bo‘ldi. O‘zbekistonga keyingi uchrashuvda omad tilayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Hasan fanat pahtakor
22/01/2020 19:26
Bizarrikila 200yildan beri kutadi yerga metyarid tushib kuchlilar qirilsa oʻzbekiston chiqadi olimpiyadaga