Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Krishtianu Ronalduning transferi haqida gapirdi

  • 30 yanvar, 2023, 18:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yaser Al-Misexal Krishtianu Ronalduning transferi haqida gapirdi.

Tecno

Dekabr oyining oxirida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" bilan 2,5 yillik shartnoma imzolagan edi. Bu haqda klub prezidenti o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Shubha yo‘qki, Krishtianu eng zo‘r o‘yinchilardan biri. U dunyoning hamma joyida hurmatga sazovor.
Uning safimizga qo‘shilishi nafaqat uning yangi klubi uchun, balki butun Saudiya futboli uchun katta ahamiyatga ega. Bu xuddi u kabi bo‘lishga intiladigan saudiyalik bolalar avlodini ilhomlantirishga yordam beradi", — dedi Yaser Al-Misexal.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu sobiq klubi "Manchester Yunayted"dan kelishmovchilik sababli ketgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!