
Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Ittihod" Ronaldu va Masharipovi bor "An-Nasr"dan chempionlikni tortib oldi
Saudiya Arabistoni chempionatida chempion nomi aniq bo‘ldi. Jiddaning "Al-Ittihod" klubi mamlakat g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Jamoa 9-bor Saudiya Arabistoni Pro ligasida tengsiz, deya topilmoqda. Bundan avval "Al-Ittihod" 2009 yilda chempion bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida "An-Nasr" ma’lum muddat peshqadamlik qilib kelayotgan edi. Ammo ketma-ket ochko yo‘qotishlar sabab klub etakchilikni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar