
Sarri "Yuventus" qarorgohiga etib keldi (FOTO)
Kuni kecha "Yuventus" bilan shartnoma imzolagan Mauritsio Sarri bugun Turinga etib keldi va jamoa qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 60 yoshli italiyalik mutaxassisni aeroportda bir guruh muxlislar kutib olishdi. Uning “Yuventus”dagi rasmiy tanishtiruv marosimi esa ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Sarri “keksa sinora” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning jamoadagi yillik maoshi esa 6 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar