Sardor Rashidov: «Chempionat saviyasi oshgan»

  • 19 mart, 2021, 00:54
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston superligasining 3-turdagi markaziy uchrashuvi AGMK va «Paxtakor» bahsidan so‘ng, Sardor Rashidovni suhbatga tortdik. «Sherlar» a’zosi o‘yin haqida va kelgusidagi rejalari borasida saytimiz uchun kichik intervyu berdi.

Tecno

-  Katta tanaffusdan so‘ng, yana O‘zbekiston chempionatiga qaytdingiz. Aytingchi hozirgi birinchilikda o‘sish kuzatilganmi?

-  To‘g‘risi, 3 ta o‘yindan so‘ng biror narsa deyishga hali erta. Shunday bo‘lsada, o‘yinlarni og‘ir kechganini tan olish lozim. Chempionat saviyasi o‘sgani ko‘rinib turibdi. Har bir o‘yinda 3 ochko olish uchun «jang» qilishga to‘g‘ri kelmoqda.

-  Mavsum so‘nggida, Evropada taklif tushsa, jamoani tark etasizmi?

-  Nasib qilsa albatta. Hozir Toshkentning «Paxtakor» jamoasi a’zosiman. Bor e’tiborim klubimdagi faoliyatimga qaratilgan. Oldimizga qo‘yilgan vazifalarni munosib uddalasak, keyin ketish haqida fikr bildirish mumkin. Hozircha, «sherlar» a’zosiman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!