
"Santyago Bernabeu"dagi hushtakbozlik yoxud "Real" muxlislari jamoaning ko‘rsatgan o‘yinidan norozi
"Real" o‘z maydonida o‘tgan javob bahsida "Leyptsig" bilan durang o‘ynab, keyingi bosqich masalasini hal qildi. Ammo uchrashuv madridliklar xohlagan tarzda o‘tgani yo‘q. Statistikaga e’tibor qaratsak, mehmonlar deyarli ikki barobar ko‘proq darvozaga zarba yo‘llagan.
Xattoki Anchelotti shogirdlarining XGsi bitta golga ham etgani yo‘q, Ayniqsa "Real"ning birinchi taymda ko‘rsatgan o‘yini ushbu mavsumdagi eng yomonlaridan biri edi. Buni ko‘rgan madridlik fanatlar bo‘lim so‘nggida o‘z syuklilariga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Karlo Anchelotti bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Bugun muxlislarning hushtakbozligiga loyiq edik", - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Real"ni oldinda La Liga doirasida "Selta"ga qarshi uy uchrashuvi kutib turibdi.
Fikrlar