Sanjar Qodirqulov: BAA bilan o‘yinda boshqacha terma jamoani ko‘rasizlar

  • 17 yanvar, 2020, 08:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, guruhda ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi. Endi esa chorak finalda vakillarimiz BAA termasi bilan kuch sinashadi. G‘olib jamoa esa o‘z-o‘zidan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Bu bilan esa Olimpiada sari yana bir qadam tashlanadi. Terma jamoamizning etakchilaridan biri Sanjar Qodirqulov guruhdagi bellashuvlar va bo‘lajak raqib haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Terma jamoamiz chorak finalda BAA bilan kuch sinashadi va bu o‘yin biz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayting-chi, chorak finalda qaysi raqibni kutayotgandingiz?

- O‘zim ham bizga BAA termasi raqib bo‘lishini taxmin qilgandim. To‘g‘risi, hali ularning o‘yinlarini ko‘rmadim. Albatta, uchrashuv kuniga qadar bo‘lajak raqibning o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqamiz.

- O‘zbekiston qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, guruhdan eson-omon chiqib oldi. Ammo guruhdagi bellashuvlar turlicha taassurot qoldirdi…

- Ko‘rdingiz, chindan ham oson bo‘lmadi. Bu «o‘lim» guruhi bo‘lgani uchun undan bizni chiqa olishmaydi deb ham o‘ylashgandi. Lekin hayriyatki, biz birinchi vazifani uddaladik, garchi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da. Endi barcha diqqat-e’tiborimizni bir joyga jamlab keyingi o‘yinga tayyorlanyapmiz.

- Janubiy Koreyaga yutqazib qo‘yganimizdan keyin futbolchilarimizning hozirgi kayfiyati qanday? Bu BAA bilan uchrashuvda salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?

- Kayfiyatga keladigan bo‘lsak, bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin edi. To‘g‘ri, o‘sha bahsdan keyin biz tushkunlikka tushib qoldik. Futbolda esa hamisha g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Shuni yaxshi tushungan holda navbatdagi bellashuvga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz.

qodirqulov2

- Janubiy Koreyaga qarshi bahsning oxirgi daqiqalarida Xitoy – Eron o‘rtasidagi natijadan boxabar edinglarmi yoki hammasini o‘yindan keyin bildinglarmi?

- Hisobni o‘yin paytida bilgandik. Shu bois oldinga o‘tib ketmasdan hech bo‘lmasa o‘sha hisobni kattalashib ketmasligiga harakat qildik desa ham bo‘ladi. Baribir biz hujumga zo‘r berib hisobni tenglashtirgan holatimizda ham guruhda ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lardik. Qaerdadir ayyorlik ishlatdik desak ham bo‘ladi.

- Umuman olganda, terma jamoamiz Xitoyga qarshi rang-barang o‘yin ko‘rsatgan holda muxlislarni xursand qilgandi. Koreyaga qarshi uchrashuvda ham jamoamizdan o‘sha o‘yinni kutgandik. Lekin o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimizga nima halaqit berdi?

- Bu guruhdagi uchinchi o‘yin bo‘lgani uchun yigitlarda biroz charchoq alomatlari ham sezilgan bo‘lishi mumkin. Qisqa fursatlar ichida uchta o‘yin o‘tkazdik. Koreyada esa har bitta uchrashuvda asosiy tarkibida o‘yinchilar o‘zgarib turdi. Qolaversa, ularda bosim bo‘lmadi. Natijada raqib bemalol o‘ynadi. Biz esa extiyotkorlik bilan o‘ynadik. Balki to‘pni yo‘qotishdan cho‘chigandirmiz. Jamoamizda biroz bosim bo‘lgani uchun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. To‘g‘ri, bular bahona bo‘la olmaydi. Lekin shunday jihatlar ham katta rol o‘ynadi deb o‘ylayman.

- Koreyaga qarshi uchrashuvdan keyin jamoamiz tanqidga uchradi. Endilikda o‘sha tanqidlardan qanday xulosalar chiqaryapsizlar?

- Albatta, tanqidlardan o‘zimiz uchun to‘g‘ri xulosalar chiqaryapmiz. Inkor etmayman, Janubiy Koreya bilan uchrashuvda juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Buni o‘zimiz ham yaxshi tushunib turibmiz. Ushbu xatolarimiz ustida ishlayapmiz. Xudo xohlasa, BAA bilan bo‘ladigan uchrashuvda boshqacha terma jamoani ko‘rasizlar.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ozodbek Sodikov
17/01/2020 16:35
O'yin qachon endi kim biladi
Ozodbek Sodikov
17/01/2020 16:35
Vo Malades
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/01/2020 12:33
Uyinni uzing ham yahshilap kurib chiq. yo murabbiydan surap urtaga uyna yo bulmasa uzingni zahiraga olishlari sura. maydonga umuman yuqsan. saniki. Nasafka qarshi uyinga kuruvdimda. maydonga qanday patirchilap uynashingni. lekin. murabbiy olibtimi. uka. urta uyna bulmasa uzing aytib. zahiraga utir. rasvo qilapsizla Jasur bilan ikkalang. Islom Qobilov. ham. Jamoa sardorlegini. Azizga bersinda. har qalay utkan yil ham uynagan. uzi sahal uynasin. qisqasi uyinni kurib chiqib uzingni kamchiliklaring ustiga ishla
Дилшод Даврлнов
17/01/2020 12:02
Яхшибоев ва Абдуллаевнинг уфини ёмон чкобди камчилликларини тугирласин
&
Surxon turon
17/01/2020 09:51
Илохим шундай бӯлсин