
Sanjar Fayziev birinchi davradan o‘tdi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Nur-Sultan Challenger 80" turnirida Sanjar Fayziev muvaffaqiyatli odimladi.
Musobaqaning birinchi davrasida Sanjar serbiyalik Nenad Zimonichga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:1, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa tennischimiz "Chellenjar" musobaqasining 1/16 final bosqichida ukrainalik Ilya Marchenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar