Saneni "Bavariya" bilan hamkorlik qiluvchi jarroh operatsiya qildi

  • 19 avgust, 2019, 16:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi hamon jiddiy jarohat olganiga qaramay "Manchester Siti" vingeri Leroy Saneni sotib olish fikridan qaytmayotgan ko‘rinadi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli germaniyalik futbolchining tizzasini “Bavariya” bilan yaqindan hamkorlik qiladigan doktor Kristian Fink operatsiya qildi.

Aytish lozimki, Fink bundan avval myunxenliklarning ikki futbolchisi - Lukas Ernandes va Korenten Tolissolarni ham davolagan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” joriy yozgi transferlar davridayoq Saneni sotib olmoqchi edi. Biroq, uning kutilmagan jarohati transferni barbod qildi. U endi kamida 6-7 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Elyorbek Xalillayev
20/08/2019 02:07
Ozi qanaqa jarohat bor bunda ozidan ozi jarohat oladigan