
Sane Myunxenga ko‘chib o‘tadimi?
«Manchester Siti» Leroy Sanega yangi shartnoma taklif qilish niyatida. Klub futbolchini «Bavariya»ga qo‘yib yubormoqchi emas.
Myunxenliklar yozgi transferlar oynasida Sanega jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi. Ammo, 23 yoshli futbolchining jarohati transfer amalga oshmay qolishiga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik forvard Angliya Superkubogi doirasida «Liverpul»ga qarshi bahsda tizzasidan jarohat olib fevralgacha safdan chiqqan. Futbolchining «shaharliklar» bilan tuzgan shartnomasi esa 2021 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar