Samvel Babayan: "Eron klubiga qarshi bahsda ikki futbolchimiz o‘ynamaydi. Sababi..." (matbuot anjumanidagi fikrlar)

  • 22 oktabr, 2023, 20:40
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertaga Osiyo Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nassaji Mozandaron" bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvdan oldin "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"O‘zbekiston kubogi yarim finalida og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Ko‘p emotsiya, kuch sarflashga majbur bo‘ldik. Yigitlar yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ammo bu futbol va unda doim g‘alaba qozona olmaysiz. 

Bizni oldinda o‘ta muhim o‘yin kutib turibdi. Ertaga muxlislar uchun chiroyli futbol taqdim etamiz, degan umiddaman. 

Eron klubiga qarshi bahs oldidan ikki futbolchimiz jarohat sabab ishtirok eta olmaydi. Ular Toma Tabatadze va Yovan Jokich. Shunga qaramay, tarkibimizda bu futbolchilarning o‘rnini to‘ldira oladigan futbolchilar mavjud. 

Raqibimiz pressingda yaxshi ishlaydi, pozitsion hujumlarda ham faol harakat qilishiga guvoh bo‘ldik. Jamoamiz ishonchli o‘ynashga va g‘alaba qozonishga intiladi. 

Ertaga bor kuchimiz bilan to‘p tepishimiz talab etiladi. Muxlislarimizga bizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik izhor etaman. Ular ertaga ham biz bilan bo‘lishlariga va ular uchun 3 ochkoni qo‘lga kiritishimizga ishonaman", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!