
Salohnining keyingi manzili La Liga bo‘lishi mumkin
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh yozda o‘z klubinin o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "FootMercato" nashri xabar bermoqda. Vingerning keyingi manzili katta ehtimol bilan La Ligan bo‘ladi, deyiladi insaydda.
Avvalroq, Yurgen Klopp keyingi mavsum boshida ko‘plab transferlar amalga oshirilishi haqda gapirgandi. Mersisaydkilarning asosiy maqsadi Jud Bellingem bo‘ladi.
30 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U ushbu mavsum Angliya klubida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 11 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar