Salohni tarkibdan kim olib tashlagani oshkor bo‘ldi. U Arne Slot emas!

  • 8 dekabr, 23:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”da ichki inqiroz davom etmoqda. Ketma-ket uchta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritilmaganidan keyin Muhammad Saloh jamoa bosh murabbiy Arne Slotni ochiqcha tanqid qilgan edi.

Tecno

Noroziligi ortidan misrlik to‘purar Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichida “Inter” bilan o‘yindan oldin tarkibdan chiqarib tashlandi.

Taniqli jurnalist Ben Djeykobsning ma’lum qilishicha, 33 yoshli Salohni jamoadan chetlashtirish haqidagi qarorni “Liverpul” sport direktori Richard Xyuz qabul qilgan.

Biroq bir qarorga kelishdan oldin Richard Xyuz o‘z qarashlarini bosh murabbiy Arne Slot bilan muhokama qilgan. Suhbatga Muhammad Saloh jalb etilmagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!