Saloh "Liverpul"dan norozi ekanligini bildirdi

  • 23 oktabr, 19:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi o‘yinda Arne Slot uni zaxirada qoldirganidan norozi bo‘ldi. Misrlik yulduz 74-daqiqada Ugo Ekitikening o‘rniga maydonga tushdi.

Tecno

Saloh ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari tavsifidan "Liverpul" haqidagi eslatmalarni olib tashlagan. Bu hujumchining klubdan norozi ekanligini bildirishi mumkin.

"Qizillar" safarda "Ayntraxt"ni 5:1 hisobida engdi. Shu bilan birga, avvalroq Arne Slot jamoasi barcha musobaqalarda ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatga uchragan edi. Saloh zaif va ba’zi joylarda hatto befarq o‘yin ko‘rsatgani uchun tanqidlarga duch kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!