
Saloh "Liverpul"dagi kelajagi va "Oltin to‘p" haqida fikr bildirdi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh mersisaydliklar safidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Men muxlislarni yoqtiraman, ular esa meni. Bu erda qolishni istayman, biroq mening kelajagim o‘z qo‘limda emas.
Jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmoqchiman. Ammo "Oltin to‘p"ni yuta olmasam ham xafa bo‘lmayman. Hayotimda barchasi yaxshi. Yana jahon chempionatida o‘ynamoqchiman", - deydi futbolchi.
Misrlik futbolchining "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Saloh ayni damda terma jamoasi bilan birgalikda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etmoqda.
Fikrlar