
Saloh "Liverpul"da Torres va Suaresni ortda qoldirdi
"Liverpul" klubi forvardi Muhammad Saloh bugun "Bornmut"ga (2:1) qarshi o‘yinda gol urdi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli misrlik futbolchi mersisaydliklar safidagi 100-o‘yinida 70-golini urdi. U bu borada Fernando Torresni ortda qoldirdi. Ispaniyalik futbolchi "Liverpul"dagi dastlabki 100 ta o‘yinida 63 ta gol urgan edi.
Ta’kidlash kerakki, Luis Suares va Robbi Fauler dastlabki 100 ta o‘yinida 62 tadan gol urishgan. Maykl Ouen esa 54 ta va Sadio Mane esa 50 ta gol urgan.
Fikrlar