
Saloh "Liverpul" afsonasini ortda qoldirdi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya kubogining 3-raundi doirasida “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
E’tiborlisi, shu tariqa misrlik futbolchi mersisaydliklar safida barcha musobaqalardagi 173-golini kiritdi va bu borada afsonaviy Kenni Dalglishni (172) ortda qoldirib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bu borada Salohdan bir pog‘ona yuqorida 183 ta gol urgan Robbi Fauler turibdi. Afsonaviy Stiven Jerrard esa 3-o‘rindan joy olgan. Uning hisobida 186 ta gol mavjud.
"Liverpul" safida gol urish bo‘yicha rekordchi - Ian Rash hisoblanadi. U bu jamoa libosida raqiblar darvozasini jami 346 marta ishg‘ol qilgan.
Top-4likka, shuningdek, Rojer Xant (285), Gordon Xojson (241) va Billi Liddell (228) kiradi.
Fikrlar