
Saka PSJ haqida: "Ular menda katta taassurot qoldirishdi"
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka Chempionlar ligasi yarim finalida PSJga qarshi o‘yindan keyin raqib jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bu go‘yo boshqa jamoa edi.
Bilaman, ular faqat ikki futbolchini almashtirishgan, lekin qanday harakat qilishyapti, qanday jipslashgan – hammasini ko‘rib turibsiz. Ular ancha kuchli edilar. Shu sababli, menda juda katta taassurot qoldirishdi.
Ularda yaxshi murabbiy, kuchli futbolchilar bor. Hujum va yarim himoyada tahdidli o‘yin ko‘rsatishadi. To‘pni yaxshi nazorat qilishadi, sizni ko‘p yugurishga majburlashadi. Rostini aytsam, menimcha, hech kim bunga xursand bo‘lmaydi" – dedi Saka "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi ilk bellashuv 0:1 hisobida parijliklar foydasiga yakunlangan edi. Javob bahsi esa 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar