
Sabina Sharipova chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning eng kuchli ayol tennischisi Sabina Sharipova Tunisning Monastir shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi.
Sabina Sharipova asosiy to‘rdagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshladi. Tennischimiz ushbu bosqichda slovakiyalik Ingrid Vojchinakova bilan raqobatlashib, yakunda 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Sabina, endi yarim final ostonasida frantsiyalik tennischi Viktoriya Muntinga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Afsuski, Sabina Sharipova musobaqaning juftlik bahslarida Viktoriya Muntin bilan birga ishtirok etib, chorak final bosqichida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar