
Rustam Ashurmatov eng yaxshi, deb topildi
Dam olish kunlari Janubiy Koreya K Ligasida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Rustam Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gangvon" jamoasi o‘z maydonida "Inchxon Yunayted"ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, mezbonlarning dastlabki goliga aynan Ashurmatov mualliflik qildi. Quvonarlisi, yangi jamoasidagi debyut golini kiritgan Rustam mazkur bellashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Fikrlar