Ruslan Nurudinovning ashaddiy raqibi Osiyo o‘yinlarida qatnashmaydi

CHERY AUTO

Qozog‘istonlik mashhur og‘ir atletikachi Ilya Ilin tahlil natijalaridan doping aniqlangach Pekin va London Olimpiadalaridagi oltin medallaridan mosuvo qilinib, ikki yilga sportdan chetlatilgan edi. 2016 yilning iyun oyida kuchga kirgan bu muddat joriy yilning yozida o‘z kuchini yo‘qotishi kerak. 

Tecno

Biroq Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ilining musobaqalarga qaytish muddatini 19 oktyabr qilib belgiladi. Bunga sabab uning terma jamoasi o‘tgan yilning xuddi shu sanasidan 1 yilga musobaqalardan chetlatilganida. Avvalroq tarqalgan xabarlarda Ilin diskvalifikatsiya muddatini o‘tab bo‘lgach, Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Demakki, Ruslan Nurudinovning eng ashaddiy raqibi bu gal ham unga raqobat tug‘dira olmaydi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!