Runi va Skoulz qatoriga Reshford ham qo‘shildi

  • 4 iyul, 2020, 21:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” forvardi Markus Reshford bugun APLning 33-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga (5:2) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Sky Sports Statto tarqatgan xabarga ko‘ra, bu 22 yoshli futbolchining joriy mavsum MYu safida kiritgan 20-goli bo‘ldi.

E’tiborlisi, 2000 yildan buyon “qizil iblislar” safida faqatgina 3 ta angliyalik futbolchi -  Ueyn Runi (2011/12, 2009/10, 2008/09, 2006/07), Pol Skoulz (2002/03) va Teddi Sheringem (2000/01) bir mavsumda 20 ta va undan ko‘p gol urgan edi xolos. Endi ular qatoriga endi Reshford ham qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!