
Runi MYuni qutqaradigan uch futbolchi topib berdi
“Manchester Yunayted” futbolchilari uchun Premer-liganing bu galgi mavsumi muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Ruben Amorim shogirdlari muxlislar ishonchini oqlay olmadi.
Yozda jamoada katta o‘zgarishlar bo‘ladi. “Manchester Yunayted”ning sobiq yulduzi Ueyn Runi jamoa vaziyatni o‘nglashi uchun qaysi futbolchilarni olishi kerakligini aytib o‘tdi.
- Menga qolsa, darvozabon David de Xeani ortga qaytargan bo‘lardim. “Manchester Yunayted”ga aynan u etishmayapti. David hali ham jamoa uchun katta ishlarni amalga oshira oladi.
Hujum chizig‘iga Viktor Osimxenni olib kelish kerak. U juda zo‘r hujumchi va yozda uni olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Uchinchi o‘yinchi sifatida “Kristal Pelas” himryachisi Mark Gexini tanlayman. Bu markaziy himoyachi o‘zining jamoasi o‘yiniga juda katta ta’sir o‘tkazmoqda, - dedi Ueyn Runi.
Fikrlar