
Ruben Amorim "Manchester Yunayted" bazasida kuniga 14 soat ishlamoqda
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Karringtondagi bazada har kuni 14 soatgacha ish olib bormoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, murabbiy har kuni ertalab soat 7:00 da klub bazasiga etib keladi va kechgacha shu erda qoladi. Avvalroq, yanvar oyida Amorimning "ko‘zga ko‘rinarli tarzda sochi oqargani" haqida xabarlar tarqalgan edi.
Portugaliyalik mutaxassis 2024 yilning noyabridan beri MYuni boshqarib kelmoqda. Jamoa APL turnir jadvalida 37 turdan so‘ng 39 ochko to‘plab, 16-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni Evropa ligasi finalida "qizil iblislar" "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar
натижа булмаса, 24 соат ишласа хам фойдаси йук