RPLda Shomurodovni ortda qoldirishdi

  • 14 mart, 2020, 19:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda, Rossiya Premer ligasining 22-turida "Zenit" o‘z maydonida "Ural"ga qarshi bahs olib bormoqda.

Tecno

Uchrashuvning dastlabki bo‘limidan so‘ng, Sankt-Peterburg klubi 4:0 hisobida oldinda bormoqda.

Mezbonlar hujumchisi Artyom Dzyuba gollarning biriga mualliflik qildi va mavsumdagi gollari sonini 12 taga etkazib oldi. 31 yoshli hujumchida bellashuvning ikkinchi bo‘limida yana raqib darvozasini ishg‘ol etib, gollari sonini yanada oshirib olish imkoni bor.

Shu tariqa, Dzyuba to‘purarlar ro‘yxatida 11 ta gol urgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovni ortda qoldirib, etakchilikni qo‘lga oldi.

Ma’lumot uchun, "Rostov" 15 mart kuni "Lokomotiv" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
15/03/2020 15:52
Элдор буш келма биринчиликни кулга кирид олга ЭЛДОР