RPLda eng yaxshi hujumchi kim? (Erkin G‘aybullaev tahlili)

  • 20 noyabr, 2019, 20:17
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer ligasida to‘purarlik poygasi har doimgidanda qiziyapti. Ikkinchi davra boshlanishidan avval turnirning eng yaxshi hujumchilari statistikasi bilan tanishib chiqamiz.

Tecno

Eldor Shomurodov (“Rostov”)

15 ta o‘yin (1306 daqiqa)

Darvozaga zarbalari: 42 ta (2.8 ta zarba bitta o‘yinda)

10 ta gol va 3 ta golli uzatma

Eldor jarima maydoni ichidagi klassik hujumchilardan biri. Hozirda u RPLda urilgan gollar va kutilgan gollar bo‘yicha ham eng yaxshisi bo‘lib turibdi. Shomurodov darvozaga aniq zarba berish, to‘p bilan muomalar qilish bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichga ega. Eldor yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha etakchilik qilmoqda, raqib darvozasiga aniq zarbalar borasida (23 ta zarba).

Aleksandr Sobolev (“Krilya Sovetov”)

15 ta o‘yin (1335 daqiqa)

Darvozaga berilgan zarbalar 37 ta (2.5 ta zarba bitta o‘yinda)

10 ta gol va 3 ta golli uzatma

Aleksandr xavfli zarbalar borasidagina eldordan ortda qolmoqda. Lekin umuman olganda Sobolevda ham ko‘rsatkichlar yaxshi. Aleksandr golli vaziyatlarni yaxshi his qila oladi va jamoadoshlari unga to‘p uzatishi uchun ochiq zonalar tanlay oladi. Sobolevga nisbatan 44 marta qo‘pollik ishlatilgan va u RPLda eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Artyom Dzyuba (“Zenit”)

15 ta o‘yin (1209 daqiqa)

Darvozaga berilgan zarbalar: 36 ta (2.7 ta har bitta o‘yinda)

9 ta gol va 9 ta golli uzatma

Dzyuba haqli ravishda “Rossiya premier ligasining eng universal hujumchisi” nomiga munosib. U ikkinchi qavatda ishonchli tarzda harakat qiladi, oyoq bilan yaxshi ishlaydi, ko‘p gol uradi va assistentlik borasida ham birinchi marta yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lmayapti. Avvalgi mavsumlarda ham u hammualliflik gollarini o‘z hisobiga yozib qo‘ygan edi. Rossiyada uningdek universal o‘ynaydigan futbolchi topilmaydi. U maydonda turli rollarni bajaradi.

Djorje Despotovich (“Orenburg”)

14 ta o‘yin (1257 daqiqa)

Darvozaga berilgan zarbalar: 55 ta (3.9 ta har bitta o‘yinda)

6 ta gol va 0 golli uzatma

Rossiya chempionatidagi kurashlarda etakchi futbolchi. Bunga uning gavdasi, korpuslarda yaxshi ekanligi va raqib darvozasi oldidagi xavfli vaziyatlarda bemalol qarshiliklarni enga olishi yordam beradi. Djorje ikkinchi qavatdagi kurashlar bo‘yicha ham RPLda etakchi (6.6 marta ikkinchi qavatda ustunlik har bir o‘yinda). Eslab o‘tish joizki, Djorje “Orenburg” safiga tekin kelib qo‘shilgan.

Sardor Azmun

14 ta o‘yin (1179 daqiqa)

Darvozaga berilgan zarbalar: 50 (3.6 ta har bitta o‘yinda)

4 ta gol va 5 ta golli uzatma

Azmun tezkor, uzatmalar beradi, kerakli vaqtda ochiladi, ammo gol urishga kelganda negadir omadi yurishmaydi. Premer liga boshlanishi arafasida hamma Azmundan ko‘p gollar kutishgandi. Azmun RPL liderlari Shomurodov va Sobolevdan ko‘ra ko‘proq vaziyatlarga qatnashgan. Ammo kutilgan gollar (o‘rtacha 9 ta gol kutishgandi) dan ko‘ra kamroq gol urdi. Sardorning zarbalari 23 ta va 9 ta himoyachilar tomonidan blokirovka qilingan zarbalar ham mavjud.

Fyodor Chalov (TsSKA)

15 ta o‘yin (1310 daqiqa)

Darvozaga berilgan zarbalar: 45 ta (3 ta har bitta o‘yinda)

4 ta gol va 2 ta golli uzatma

Fyodorning bu mavsumdagi muammolari borasida juda ko‘p bora gapirildi, hammasini bitta qilib, bu mavsumda “armiyachilar”ning golli vaziyatlar borasida juda katta muammosi bor deyish mumkin. Chalov shuncha harakat qilishiga qaramasdan bor-yo‘g‘I 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizXudoyberdiyev
20/11/2019 20:48
Erkin aka gap yo' lekin oka har doim yozgan maqolalarizni maza qilib o'qiymiz,boshqalarga nisbatan mavzularni manoliroq va qiziqarliroq yoritasiz. Kelajakdagi ishlaringizga omad
Journalist Gaybullayev
26/11/2019 17:20
katta rahmat)
&
AzizXudoyberdiyev
26/11/2019 17:43
Arzimidi
Razzoqov Sodiq
21/11/2019 23:49
Shu maqolani ingliz tioga ham tarjima qilinsa yaxshi bularkan